Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

ILMA vakillari IFN Uzbekistan Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdilar

12.05.2026
71

ILMA vakillari O‘zbekistonda islom moliyasi va kapital bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan IFN Uzbekistan Forum 2026 xalqaro forumida ishtirok etdilar.

Forum Islom taraqqiyot banki tashabbusi bilan RedMoney kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi hamda moliya sektori vakillari, davlat organlari va xalqaro ekspertlar o‘rtasida professional muloqot uchun muhim platforma bo‘ldi.

Dastur doirasida ishtirokchilar mamlakatda islom moliyasi tizimini barqaror va raqobatbardosh rivojlantirishga qaratilgan qator masalalarni muhokama qildilar, jumladan:
- islom moliyasining normativ-huquqiy bazasini rivojlantirish;
- islom bankingi ekotizimini shakllantirish va mustahkamlash;
- milliy kapital bozorida sukuk chiqarish va muomalaga kiritish istiqbollari;
- O‘zbekistonning investitsion salohiyati va uning mintaqadagi o‘rni;
- islom moliyasida raqamli texnologiyalar va fintex yechimlarini joriy etish.

Forumda xalqaro ekspertlar, investitsiya institutlari, reyting agentliklari hamda davlat organlari vakillari ma’ruza qildilar, bu esa muhokamalarning kompleks va amaliy yo‘nalishda olib borilishiga xizmat qildi.

“Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida islom qimmatli qog‘ozlari – sukukka bag‘ishlangan alohida bob nazarda tutilgan. Bu prinsipial ahamiyatga ega yangilik bo‘lib, sukuk milliy kapital bozorining to‘laqonli instrumenti maqomini oladi, emitentlar va investorlar esa zarur huquqiy aniqlikka ega bo‘ladi", – dedi o‘z ma’ruzasida ILMA Kapital bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Saibjan Xudayberdiyev.

Tadbirda 15 ta davlatdan 200 ga yaqin delegat, jumladan tijorat banklari, moliya tashkilotlari, xalqaro taraqqiyot institutlari va davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etdilar.

Forumning o‘tkazilishi O‘zbekistonda islom moliyasiga bo‘lgan yuqori qiziqishni yana bir bor tasdiqladi hamda ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsion instrumentlarni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatdi.