Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

ILMA vakillari CIFC (Koreya) seminarida ishtirok etdilar

28.09.2025
162

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari Koreya Respublikasi Xalqaro moliyaviy hamkorlik kengashi (CIFC) tomonidan 2025 yilning 21-27 sentabr kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida ishtirok etdilar.

Seminar kapital va sug‘urta bozorlarini rivojlantirish mavzulariga bag‘ishlandi.

Ma’ruzalar Koreya fond birjasi, Koreya moliya instituti, Koreya aktivlarini boshqarish korporatsiyasi, Koreya moliyaviy investitsiyalar assotsiatsiyasi, Koreya kapital bozori instituti, Koreya Respublikasining moliyaviy xizmatlar komissiyasi vakillari tomonidan o‘qildi.

Ma’ruzalar Koreya moliya sohasi tuzilmasi, obligatsiyalar va kapital bozorlarini rivojlantirish, moliya sektorini raqamlashtirish sohasidagi tashabbuslar, tartibga solish va nazorat vositalaridan foydalanish, yangi yo‘nalishlar, jumladan, virtual aktivlarni qamrab oldi.

Sug‘urta sohasi vakillari Tinch okeani sug‘urta konferensiyasida ham ishtirok etib, Koreya va Tinch okeani hududidagi mamlakatlarning yetakchi sug‘urta tashkilotlari bilan tajriba va fikr almashdilar.

Sug‘urta bo‘yicha ma’ruzalarda sohaning asosiy jihatlari, jumladan sug‘urta mahsulotlarining evolyutsiyasi, Koreya sug‘urtani rivojlantirish institutining faoliyati va strategik roli, sug‘urta firibgarligining oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, Koreya Respublikasida sug‘urta sektorini tartibga solish muhiti haqida atroflicha ma’lumot berildi.