O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muhokama chog‘ida O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Meta vakillari orasida Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati bo‘yicha direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati bo‘yicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha rahbar Aurora Li; Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun davlat siyosati bo‘yicha mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan.
Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etdi. Raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va hamkorlikning muayyan yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar