Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

IFCning iqlim moliyasi bo‘yicha treningi o‘z ishini boshladi

22.04.2026
55


Toshkent shahrida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning O‘zbekistondagi dasturi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) bilan hamkorlikda tashkil etilgan iqlim moliyasiga bag‘ishlangan uch kunlik trening o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbir Markaziy Osiyo davlatlari banklarining «yashil», ijtimoiy va barqaror obligatsiyalar (GSS), shuningdek barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘langan obligatsiyalar (SLB) chiqarish sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Treningning ochilish marosimida Agentlikning kapital bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Xudayberdiyev Saibjan Maxsudovich ta’kidladi:

"Barqaror moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish kapital bozorini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro standartlar va amaliyotlarni joriy etish uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilishga hamda investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
(…) Bugungi kunda “yashil” korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun normativ baza yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi ilk rasmiy “yashil” obligatsiyalar chiqarilishi Kompaniya po refinansirovaniyu ipoteki Uzbekistana tomonidan amalga oshirildi va belgilangan tartibda Agentlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi".

Trening dasturi doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqilmoqda:

- barqaror obligatsiyalar bozori va xalqaro standartlar (ICMA);

- loyihalarni tanlash va baholash, mablag‘larni boshqarish, hisobdorlik hamda tashqi baholash (SPO);

- obligatsiyalarni tuzish, joylashtirish va investorlar bilan o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari.

Tadbirda, shuningdek, xalqaro investorlar nuqtai nazari va emitentlar tajribasi taqdim etilmoqda, bu esa barqaror moliyalashtirish sohasida ilg‘or amaliyotlar almashinuviga xizmat qiladi.