Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sug‘urta iste’molchilarining huquq va manfaatlari himoyasida

28.12.2023
2829

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-291-son qaroriga asosan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) zimmasiga sug‘urta bozorini monitoring qilish funksiyalari yuklandi.

Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi organning asosiy vazifalaridan biri sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Agentlik kelib tushgan murojaatlar asosida sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta tovonini to‘lanishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirib kelmoqda.

Vakolatli davlat organiga joriy yilning sentabr oyidan dekabr oyiga qadar fuqarolardan sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash yoki to‘lashni asossiz rad etish bo‘yicha bir mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Agentlik aralashuvi bilan 580 dan ortiq holatda sug‘urta xizmatlari iste’molchilariga 5,6 milliard so‘mdan ziyod sug‘urta  to‘lovlari amalga oshirilib, tegishli tushuntirish choralari ko‘rildi.

Aytish joizki, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.