O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish bilan bog‘liq tartib-taomillarni huquqiy tartibga solishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, ilgari tasdiqlangan hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1125, 2002 yil 15 aprel) o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 15 maydagi 04-son buyrug‘i bilan “Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3630, 2025 yil 17 iyun) tasdiqlandi.
Hujjat amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, jadal raqamlashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib:
Mazkur Yo‘riqnomaning qabul qilinishi qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-operatsion jarayonlarning shaffofligi va ishonchliligini oshirish maqsadida ilgari emitentlar tomonidan qog‘oz shaklida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar muomalasini tartibga solish hamda ularni muomaladan bosqichma-bosqich chiqarishni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.
Idoraviy mansub tashkilotlar