logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Gruziya Milliy banki rahbariyati bilan uchrashuv

29.03.2024
1912

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Toshkent” fond birjasi vakillarining Gruziya Milliy banki (Gruziya Markaziy banki) vitse-prezidenti Yekaterina Mikabadze boshchiligida bank vakillari hamda TBC Bank Group PLC katta maslahatchisi Otar Sharikadze bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Gruziyaning korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish tajribasi taqdim etildi.

Gruziyalik ekspertlar bozor rivojlanishining asosiy omili mahalliy emitentlarga korporativ obligatsiyalarni xorijiy valyutada chiqarish imkoniyatini taqdim etish ekanligini ta’kidladilar. Bugungi kunda Gruziya bozor hajmi qariyb 800 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Uchrashuvda Gruziya Milliy banki tomonidan mahalliy tijorat banklariga kreditlarni korporativ obligatsiyalar ta’minoti evaziga berish mexanizmi ham ko‘rib chiqildi, mazkur amaliyot obligatsiyalarning qo‘shimcha likvidligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, Gruziya Milliy banki faqat dunyoning yetakchi reyting agentliklarining ijobiy bahosiga ega bo‘lgan obligatsiyalarni qabul qilinishi ta’kidlandi.

Gruziyalik ekspertlarning fikricha, ushbu amaliyotlarning O‘zbekistonda qo‘llanilishi fond bozori rivojiga yangi sur’at berishi mumkin.

Shu munosabat bilan, gruziyalik ekspertlar xorijiy investorlarning O‘zbekiston Respublikasi fond bozoriga qiziqishini ta’kidladilar.