logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST ga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi va litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

19.04.2024
2261

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST ning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 62,0 mln. so‘m miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ STga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi SF-seriyali 00035-sonli litsenziya 2024 yil 19 aprel sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.