O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillarining “Franklin Templeton” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yili AQSH va Singapurga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, “Franklin Templeton” tomonidan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, kompaniya vakillariga respublikada investitsiya vositachilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Ma’lumot uchun: “Franklin Templeton” 1947 yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan global investitsiya kompaniyasi bo‘lib, asosiy faoliyat yo‘nalishi kapital va aktivlarni boshqarishga qaratilgan. Kompaniya tomonidan boshqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 1,4 trln. dollardan ziyodni tashkil etadi va uning 100 dan ortiq ofislari 30 mamlakatda faoliyat yuritadi.
Idoraviy mansub tashkilotlar