Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

FinTech va Banking Forum (FIBA) 2025

20.10.2025
1629

Toshkentda O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar sohasidagi muhim tadbirlardan biri FinTech and Banking Forum (FIBA) bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank va O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida tashkil etildi.

Forum moliya bozori yetakchilari, banklar, IT-kompaniyalar vakillari va tadbirkorlarni fintex ekotizimining kelajagi, raqamlashtirish va bank sektorini o‘zgartirish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ishga qaratilgan.

Agentlik vakillari, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Askarjon Zakirov, Elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muxammadiyev “Kredit berish va Buy Now Pay Later (BNPL)” hamda “Kripto va komplayens: O‘zbekistonda xavfsiz bozor barpo etish” panel sessiyalarida so‘zga chiqdilar.

Muhammadiyev o‘z nutqida O‘zbekistonda BNPLni tartibga solish zarurligi haqidagi savolga javob berar ekan, O‘zbekistonda BNPLni tartibga solish anchadan buyon kechikayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bozor tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda va mavjud modellar - klassik va premium - ham iste’molchilar, ham kompaniyalar uchun xavf tug‘diradi. Shu sababli, bozorning barcha ishtirokchilarini himoya qilish tizimini yaratish muhimdir.

Forum doirasida yalpi majlislar, tematik seminarlar, innovatsion yechimlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir FinTech & Digital Transformation Awards 2025 marosimi bilan yakunlandi, unda eng yaxshi innovatorlar va soha yetakchilari taqdirlandi.

Tadbirda 35 dan ortiq ma’ruzachilar va 500 dan ortiq mehmonlar, jumladan, mahalliy va xalqaro kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.