Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“FINANCE INVEST BROK” MCHJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

05.08.2026
59

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “FINANCE INVEST BROK” MCHJni kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Tartibga solish qumdoni doirasida “FINANCE INVEST BROK” MCHJ xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha investitsiya vositachisi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.