Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“Euroasia Life Insurance” AJ litsenziyasi bekor qilindi

02.02.2024
3965

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024 yil 2 fevraldagi tegishli qaroriga asosan, “EUROASIA LIFE INSURANCE” AJ hayotni sug‘urta qilish sohasining I, II, III va IV klasslari va umumiy sug‘urta sohasining 1 va 2 klasslari bo‘yicha ixtiyoriy va majburiy shakllarda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2021 yil 1 iyuldagi seriyasi SF 00018-sonli litsenziyasi 2024 yil 2 fevraldan bekor qilindi.

“EUROASIA LIFE INSURANCE” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.