Yangiliklar
“EUROASIA INSURANCE” AJ QKning litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi
“EUROASIA INSURANCE” AJ QKning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 va 48-moddalari, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “EUROASIA INSURANCE” AJ QKga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 30 iyundagi 031333-sonli litsenziya 2024 yil 6 dekabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
“EUROASIA INSURANCE” AJ QK litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.
“EUROASIA INSURANCE” AJ QK ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.
Shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini litsenziya amal qilishi to‘xtatilganga sabab bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etgunga qadar bo‘lgan davr mobaynida sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirmaslik bo‘yicha ogohlantiradi.