logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“EUROASIA INSURANCE” AJ QKga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi va litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

17.10.2024
1028

“EUROASIA INSURANCE” AJ QKning moliyaviy hisobotlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 45,0 mln.so‘m miqdorida jarima solindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 va 48-moddalari, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “EUROASIA INSURANCE” AJ QKga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 30 iyundagi 031333-sonli litsenziya 2024 yil 17 oktabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“EUROASIA INSURANCE” AJ QK litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“EUROASIA INSURANCE” AJ QK ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.