Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan trening

17.01.2025
1613

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun “O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘quv treningi tashkil etildi. Treningni “Uzum Market“ kompaniyasi merchantlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Diyor Ozodov olib bordi.

Spiker elektron tijoratning afzalliklari, uning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, logistika infratuzilmasini yaratish, raqamli servislarni takomillashtirish, shuningdek O‘zbekistonda elektron tijorat bozorini rivojlanishi istiqbollari haqida maruza qildi.

O‘zbekistonda elektron tijorat bozoridagi joriy tendensiyalar, uning o‘sish istiqbollari hamda kichik va o‘rta biznes rivojlanishiga ta’siri tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar taqdim etilgan materialning amaliy ahamiyatini ta’kidladilar va olingan bilimlarni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.