O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3631, 2025 yil 18 iyun).
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 885-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom bilan elektron tijorat doirasida kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, sohada yagona huquqiy meyorlarni joriy etish, yetkazib berish xizmati zanjirida ishtirok etadigan kuryerlik xizmati operatori va kuryerlarning huquq va majburiyatlarini belgilash hamda tovarlar, jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molchilarga tezkor va xavfsiz yetkazib berish tartibi va talablari belgilab qo‘yilmoqda.
Nizom elektron tijorat ishtirokchilari – sotuvchilar, xaridorlar, elektron tijorat operatorlari, yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar o‘rtasidagi munosabatlar shaffoflashuviga, xavfsiz, sifatli va standartlarga muvofiq yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yishga hamda elektron tijoratda yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan.
Idoraviy mansub tashkilotlar