Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sug‘urta va elektron tijorat sohalarini tartibga solish tizimi takomillashtirilmoqda

23.06.2026
120

Elektron tijorat va sug‘urta sohasini huquqiy tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2026 yil 22 iyundagi O‘RQ-1154-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonunga muvofiq 10 ta qonun hujjatiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

– sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli davlat organi nazorat vazifalarini kengaytirish, sug‘urta siriga oid ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlash, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solish, sug‘urtalovchi foydasini taqsimlashni cheklash mumkin bo‘lgan holatlar;

– elektron tijoratda xabardor qilish tartibotini kiritish va bu orqali platformalar o‘z faoliyati haqida asosiy ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etishi, ya’ni soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilandi.

Xususan,

– sug‘urta polisini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti qonun darajasida bekor qilindi;

– aholi o‘rtasida qiyinchiliklar tug‘dirayotgan quyidagi masalalar tartibga solindi:

  1. a) transport vositasidan cheklanmagan tarzda foydalanishda majburiy sug‘urta polisida transport vositasining egasi, umumiy mulkdori va uning yaqin qarindoshlari ko‘rsatilmasligi, bunda ularning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan hisoblanishi qayd etildi;
  2. b) haydovchilarning tanloviga ko‘ra, aybdor tarafning sug‘urtalovchisidan sug‘urta to‘lovini olish uchun murojaat qilish mumkinligi belgilandi;

– sug‘urtalovchi tomonidan foydani sun’iy ravishda oshirish va mablag‘larni asossiz chiqarib yuborishning oldini olish maqsadida quyidagi holatlarda foydani taqsimlash taqiqlanadi:

  1. a) prudensial normativlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda yoki ular mazkur taqsimlash oqibatida buzilganda;
  2. b) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda yoki mazkur taqsimlash oqibatida to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganda taqiqlandi.

– sug‘urta xizmatlari iste’molchilari huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida sug‘urtalovchi tomonidan iste’molchiga taqdim etilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar (sug‘urta xizmati, uning shartlari, narxi, sug‘urta to‘lovi miqdori, sug‘urta xizmatining afzalliklari va kamchiliklari) ro‘yxati belgilab berildi.

Ushbu Qonun, elektron tijorat sohasida qonunchilikda mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishga hamda sug‘urta bozorining barcha professional ishtirokchilari faoliyatini zamonaviy yondashuvlarga asosan tartibga solish orqali sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishiga xizmat qiladi.