O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari Dushanbe shahrida (Tojikiston) bo‘lib o‘tayotgan EGATE anjumanida ishtirok etmoqda.
Dushanbedagi EGATE anjumani – elektron tijoratni rivojlantirish va Markaziy Osiyoda kichik va o‘rta biznes uchun jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli mintaqaviy tadbir.
Anjuman Jahon banki tomonidan Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) ko‘magida tashkil etilgan. Bu tashabbus O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tadbir aniq natijalarga erishgan ishtirokchilarni sarhisob qilish va o‘zaro tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi: EGATE loyihasida ishtirok etish boshlanganidan buyon mintaqada salmoqli miqdordagi ish o‘rinlari yaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Markaziy Osiyoda elektron tijoratni rivojlantirish va global savdo integratsiyasi, elektron tijorat uchun logistikani rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va elektron tijorat tufayli ayollar uchun ish o‘rinlarini yaratishga oid mavzularni muhokama qildilar.
Dushanbedagi EGATE anjumani Markaziy Osiyoda barqaror va inklyuziv raqamli savdo ekotizimini yaratish uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, qulay siyosat asoslarini yaratish va sarmoyalarni jalb qilish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Idoraviy mansub tashkilotlar