logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari Digital Kyrgyzstan xalqaro PLAS-forumida ishtirok etdi

28.02.2024
1446

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari “Raqamli Qirg‘iziston” konsepsiyasini amalga oshirish, jumladan, innovatsion texnologiyalarni davlat organlari, banklar, fintex va chakana savdoda joriy etish maqsadida tashkil etilgan Digital Kyrgyzstan xalqaro PLAS-forumida ishtirok etdi.

Agentlikning Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Asqarjon Zokirov forumda ma’ruza qilib, unda O‘zbekistonning kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish va tartibga solish borasidagi tajribasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy meyorlar, Respublikada sohani institutsional rivojlantirish masalalari haqida ma’lumot berdi.

Forumda davlat sektori, fintex kompaniyalari, startaplar, venchur fondlari, xorijiy va mahalliy banklar va mikromoliya institutlari, IT-yechimlarning xalqaro ishlab chiqaruvchilari, to‘lov tizimlari va aloqa operatorlari, nazorat qiluvchi organlar va uyushmalar, top-menejment ekspertlaridan iborat 800 dan ortiq delegatlar ishtirok etdi.