Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

17.06.2025
45

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish hamda ularni davlat tilida qabul qilinishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, ilgari qabul qilingan Depozitariy hisobi va hisobot berish yagona qoidalari (standarti) (ro‘yxat raqami 844, 1999 yil 1 dekabr) o‘rniga, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 15 maydagi 03-sonli buyrug‘i bilan Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari (ro‘yxat raqami 3628, 2025 yil 16 iyun) tasdiqlandi.

Qabul qilingan hujjat qimmatli qog‘ozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona tamoyillari, depozitar operatsiyalarni bajarish, hujjatlar aylanishi va ichki nazoratni tashkil etish tartibini, shuningdek hisobotlarni tuzish tartibini belgilaydi.