Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Davlat xaridlari va elektron tenderlar bo‘yicha master-klass

16.07.2026
108

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlar uchun davlat xaridlarida ishtirok etish, elektron tender va savdo-sotiq platformalaridan foydalanish bo‘yicha master-klass tashkil etildi.

Master-klass davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari tizimining asosiy tamoyillari, elektron tenderlarda ishtirok etish tartibi hamda elektron savdo-sotiq platformalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat xaridlari sohasidagi amaldagi tartib-taomillar va elektron platformalar orqali ishtirok etish bosqichlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulotning amaliy qismida ishtirokchilar elektron savdo platformalari orqali tender jarayonlarida ishtirok etish mexanizmlari bilan tanishtirildi, elektron hujjatlarni rasmiylashtirish, taklif tayyorlash va yuborish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, elektron tenderlarda ishtirok etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Master-klass interaktiv muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar bilan fikr almashildi.

Bunday tadbirlar yoshlarning davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar haqidagi bilimlarini oshirish, ularning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy elektron platformalardan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.