logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Citigroup” vakillari bilan kapital bozori sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan uchrashuv

07.03.2024
1453

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Citigroup” bankining Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh ijrochi direktori Omar Xafiz boshchiligidagi delegatsiya bilan kapital bozori sohasida hamkorlik qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etilgani hamda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

“Citigroup” vakillarida valyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorlariga derivativ vositalarni tartibga solish va joriy etish bo‘yicha keyingi rejalarga ayniqsa qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, mehmonlarga Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik investorlarni mahalliy bozorga jalb qilishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjat loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.