Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

BMTTDning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashuv

18.10.2025
34

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda kapital bozori va sug‘urta sektori rivojlanishi sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Agentlik direktori birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak BMTTDga O‘zbekistonda islomiy (Sukuk) qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani hamda sug‘urta bozorini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Akiko Fudzii BMTTDning Agentlik bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi, jumladan xodimlar malakasini oshirish sohasida ham. Shuningdek, u BMTTD imkoniyatlaridan foydalanib, O‘zbekiston tajribasini xalqaro darajada ommalashtirishni taklif etdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar 2026 yil uchun hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini kelishib oldilar.