O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Toshkentda O‘zbekiston milliy domeni .UZ ning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Blockchain Hackathon 2025 – mamlakatdagi eng yirik texnologik musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Yagona integrator UZINFOCOM tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida tashkil etildi.
Xakatonda blokcheyn texnologiyalari ixlosmandlari, dasturchilar va tahlilchilar –O‘zbekistonning turli hududlaridan 15 ta jamoa ishtirok etdi. Ular nafaqat texnik bilimlarini, balki jamiyatga haqiqiy foyda keltiradigan yechimlar yaratish qobiliyatini ham namoyish etishlari kerak edi.
Dastur mentorlar bilan maslahatlashuvlar, prototiplash bosqichi, intensiv dasturlash va yakunda ekspert hakamlar hay’ati oldida taqdimotlarni o‘z ichiga oldi.
Xakatonning asosiy yo‘nalishlaridan ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznes (fintex), korrupsiyaga qarshi kurash, ekologiya, kripto-aktivlar, sug‘urta mavzulari o‘rin oldi.
Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholadi:
Xakaton ishtirokchilarga nafaqat yirik mukofot uchun kurash, balki yangi professional aloqalar o‘rnatish, ekspertlardan qimmatli maslahatlar olish imkonini berib, kelajak startaplar va texnologik yechimlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar