Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlari faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

08.07.2026
82

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda – Agentlik) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 17 apreldagi PQ-143-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (bundan buyon matnda – Nizom) qabul qilindi. Nizom Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 8 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3893.

Nizom “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi faoliyatini amalga oshirish, yuridik shaxslarni maxsus zona rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Xususan, Nizom bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda mayningni amalga oshirish uchun talablar va shartlar;

rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;

arizalarni topshirish, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qaror qabul qilish tartibi;

ruxsat berish tartib-taomillari, shu jumladan rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va mayningni amalga oshirish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, ularga o‘zgartirishlar kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish, shuningdek, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish;

rezidentlar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega talablar
va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish chora-tadbirlari;

topilgan kripto-aktivlarni realizatsiya qilish tartibi.

Ta’kidlash joizki, maxsus zona rezidentlariga mayningni amalga oshirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barcha turlari, vodorod elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, shuningdek, maxsus zona hududida joylashgan rentabelligi past, kam debitli, tugab borayotgan konlarni, shuningdek uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud bo‘lmagan yoki eskirgan konlarni kelgusida o‘zlashtirish, saqlash va jihozlash orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Mazkur Nizomning qabul qilinishi yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barcha turlaridan foydalangan holda mayning faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.