Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Ayrim sug‘urta tashkilotlariga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi

16.08.2024
4261

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha vazifa va  funksiyalarini amalga oshirish doirasida 5 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi. 

Jumladan, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, ular bo‘yicha 117,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.

 

Jarima sanksiyalari qo‘llanilgan sug‘urta tashkilotlari

RO‘YXATI

 

Sug‘urta tashkiloti nomi

Jarima miqdori

“SEMURG INSURANCE” AJ

45,0 mln. so‘m

“O‘ZAGROSUG‘URTA” AJ

22,5 mln. so‘m

“O‘ZBEKINVEST” EISK” AJ

22,5 mln. so‘m

“ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ

17,5 mln. so‘m

“GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ

10,0 mln. so‘m