O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-291-son qarorida belgilangan sug‘urta bozorini nazorat qilish bo‘yicha vazifa va funksiyalarini amalga oshirish doirasida 8 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.
Jumladan, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlarga rioya qilmaslik faktlari aniqlanib, buning natijasida 254,5 million so‘m miqdorida jarima solindi.
Jarima sanksiyalari qo‘llanilgan sug‘urta tashkilotlari RO‘YXATI
Sug‘urta tashkiloti nomi | Jarima miqdori |
“EUROASIA INSURANCE” AJ QK | 22,5 mln. so‘m |
“EUROASIA LIFE INSURANCE” AJ | 17,5 mln. so‘m |
“DD GENERAL INSURANCE” AJ | 34,0 mln. so‘m |
“SHARQ-SUG’URTA” AJ | 22,5 mln. so‘m |
“ALSKOM SUG’URTA KOMPANIYASI” AJ | 35,0 mln. so‘m |
“UNIPOLIS” AJ ST | 24,0 mln. so‘m |
“KAPITAL SUG’URTA” AJ | 22,5 mln. so‘m |
“OMAD SUG’URTA” AJ | 76,5 mln. so‘m |
Idoraviy mansub tashkilotlar