O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47 moddasi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining qaroriga asosan, “INSURANCE BROKER CONSULTING” MCHJ va “ALTAIR INSURANCE BROKER” MCHJ sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan tegishli litsenziyalar 2026 yil 28 apreldan boshlab o‘n kun muddatga to‘xtatildi.
Idoraviy mansub tashkilotlar