O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) rasmiy elektron pochta manziliga Agentlik faoliyat sohalariga oid masalalar bo‘yicha yordam va tushuntirishlar olish maqsadida turli murojaatlar kelib tushadi.
Ammo, afsuski, ba’zi murojaatlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq javob bermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, Agentlikka ushbu murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ariza beruvchilarga rasmiy javoblar berishga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonunining (O‘RQ-445-son) 6-moddasiga muvofiq, murojaatlarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
- jismoniy shaxslar uchun: familiyasi (ismi, otasining ismi) va yashash joyi;
- yuridik shaxslar uchun: tashkilotning to‘liq nomi va pochta manzili (joylashuvi).
Ushbu talab, birinchi navbatda, ariza beruvchi va Agentlik o‘rtasida konstruktiv va shaffof muloqotni rivojlantirishga, shuningdek, kiruvchi murojaatlarni to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni va zarur javob choralarini ko‘rishni ta’minlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, murojaatlarni elektron pochta orqali yuborishda sizdan talab qilinadigan majburiy ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘raymiz. Bundan tashqari, quyidagilarni kiritishingizni tavsiya qilamiz:
– ish telyefon raqami;
– elektron pochta manzili,
bu bizga siz bilan tezda bog‘lanish va yanada samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Idoraviy mansub tashkilotlar