Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

AXBOROT XABARI

25.11.2025
7

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda –Agentlik deb yuritiladi) kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasini aniqlash va oldini olish, shuningdek, ular bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda.

Agentlik mutaxassislari Internetda monitoring olib borishi jarayonida kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalar niqobi ostida fuqarolar mablag‘ini yig‘adigan va “moliyaviy piramida” xususiyatlariga ega bo‘lgan “LIONSGATE” loyihasining faoliyatini fosh qilishdi. Ushbu loyiha tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emaslar. Agentlik bu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli murojaat yubordi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son qaroriga muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari – yuridik shaxslar kripto-aktivlar sohasida xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday provayderlar turlariga “kripto-birja”, “mayning-pul”, “kripto-depozitariy” va “kripto-do‘kon” kiradi (litsenziya olgan shaxslar reyestri Agentlik veb-saytida mavjud).

Shuningdek, Agentlik 2023 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tadi. Kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Fuqarolarni nihoyatda hushyor bo‘lishga chaqiramiz!

  • Litsenziyaga ega bo‘lmagan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat yuritadigan loyihalarga mablag‘laringizni ishonib topshirmang.
  • Kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishdan oldin kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi faoliyati litsenziyaga egaligini Agentlik veb-saytida (https://napp.uz/uz/pages/erlsp) tekshirib ko‘ring.
  • Yodingizda tuting: noqonuniy loyihalarda ishtirok etish mablag‘ingiz yo‘qolishiga va ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishingizga olib kelishi mumkin.