logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Matbuot nashrlari

foto

«Аstana» Xalqaro moliya markazi vakili bilan uchrashuv oʼtkazildi.

244

2022 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari V.Pak hamda «Astana» Xalqaro moliya markazi (keyingi o‘rinlarda – AXMM) vakili A.Devletov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida jahon kripto-bozori rivojlanishining global yo‘nalishlari muhokama qilinib, O‘zbekiston va Qozog‘istonda kripto-aktivlar aylanmasini huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

V.Pak ikki davlatda kripto-aktivlar aylanmasini huquqiy tartibga solishni uyg‘unlashtirish lozimligini ko‘rsatib, bu kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, Agentlik va AXMM o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni”) rezidentlarini faoliyatini monitoring va nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilish hamda kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha aniq qadamlarni rejalashtirish muhokama qilindi.