logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik xodimlari AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining treningida ishtirok etdilar

14.01.2025
112

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari kredit reyting agentliklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi roliga bag‘ishlangan treningda ishtirok etdilar.

Tadbir AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Trening asosiy ma’ruzachi bo‘lib AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining Kredit reytinglari boshqarmasi katta maslahatchisi Abraham Putni ishtirok etdi. U o‘z nutqida kredit reyting agentliklari faoliyatining asosiy jihatlari, jumladan, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korporativ boshqaruv va ichki nazorat mexanizmlariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Treningda turli davlatlarning moliya institutlari vakillari, tartibga solish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etdi. Muhokama katta qiziqish uyg‘otdi va ishtirokchilarga tez o‘zgarib borayotgan moliyaviy sharoitda kredit reyting agentliklari oldida turgan dolzarb tendensiyalar va muammolar yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.

Ma’ruzalarda kredit reyting agentliklarining kelajakdagi faoliyatini tartibga solish va ularning investitsiya qarorlariga ta’siri haqida ham so‘z yuritildi, bu albatta bozorning barcha ishtirokchilari uchun katta ahamiyatga ega.