Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

E'lonlar

Aktuariy malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risida

2471

Aktuariy malaka sertifikatini olish buyicha birinchi malaka imtihoni joriy yilning 19 avgust va natijalardan kelib chiqib keyingi bosqichi 20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Malaka imtihonini o‘tkazish joyi – O‘zbekiston Rеspublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 22-uy).

Bunda:

- 2024 yil 19 avgust kuni test sinovlari soat 10:00 da boshlanadi,12:15 da tugatiladi;

- 2024 yil 20 avgust kuni test sinovlari natijalariga asoslanib, yozma-og‘zaki imtihon sinovlari soat 16:00 da boshlanadi, 18:15 da tugatiladi.