Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlikda HKETO Dubai delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.07.2026
55

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Hong Kong Economic and Trade Office in Dubai (HKETO Dubai) — Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi Hukumatining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi rasmiy vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
HKETO Dubai delegatsiyasiga Gonkongning Dubaydagi iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha bosh direktori Saymon Chan boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan, shuningdek, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Leo Pun, ikkinchi o‘rinbosari Jekson Vong hamda ijroiya yordamchisi Agniya Fedorova o‘rin oldi.
Uchrashuv davomida tomonlar kapital bozori, kripto-aktivlar aylanmasi sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, Agentlikning Gonkongning tegishli tartibga soluvchi organlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston va Gonkong kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab oldilar.