O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida YEXHT Iqtisodiy va ekologik faoliyat koordinatori byurosi (IEFKB) tomonidan tashkil etilgan «Markaziy Osiyoda virtual aktivlar bilan bog‘liq pul yuvish xavflariga qarshi strategik va tezkor choralarni kuchaytirish» mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etmoqdalar.
Konferensiya davomida virtual aktivlar sohasidagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishdagi xalqaro standartlar, tartibga solinadigan virtual aktivlar xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarning ustuvorligi, sektordagi xavflarni baholash, tushunish va kamaytirish masalalari Gruziya Milliy banki misolida muhokama qilinmoqda.
Bundan tashqari, mintaqaviy muloqot Markaziy Osiyoda virtual aktivlar bilan bog‘liq moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishda transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan. Munozara ishtirokchilari kripto-aktivlar sohasida hamkorlik qilish uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish ishchi guruhini tashkil etish imkoniyatlarini, ma’lumot almashish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘llarini, shuningdek, YEXHT ko‘magida keyingi mintaqaviy ishlar uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashni muhokama qiladilar.
Konferensiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ham ishtirok etmoqda.


Idoraviy mansub tashkilotlar