logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik xodimlari uchun bank-moliya sohasi va qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi

07.02.2023
1269

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun bank-moliya sohasi va qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi.

Treningni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari olib bordilar. “Qimmatli qog‘ozlar bozori: nazariya va amaliyot”, “Murakkab muammolarni dinamik modellashtirish”mavzulari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi. 

Trening davomida ishtirokchilar moliya bozori turlarining o‘ziga xos jihatlari, moliyalashtirish modellari, moliya bozoridan daromad olish usullari, kotirovkalar va O‘zbekiston moliya bozori tahliliga oid masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Yuqoridagi masalalarning dolzarbligi zamonaviy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liq sohalari hamda aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi kapital bozori bilan birgalikda kripto-aktivlar muomalasi sohasini rivojlantirish zarurati bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120-son Farmoniga muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi sog‘asida yagona davlat siyosatini yuritish, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlarini ta’minlash, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida har-qanday jinoiy faoliyatning oldini olish, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini hamda yangi texnologiyalarni joriy etish  bo‘yicha mas’ul etib belgilangan.