O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.


Agentlik xodimlari Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tkazilayotgan «Bilim almashish tashabbusi» (Knowledge Exchange Initiative, KEI) xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir Xalqaro moliyaviy hamkorlik bo‘yicha kengash (CIFC) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish sohasida ilg‘or tajriba almashishga qaratilgan.
Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqilmoqda:
- Koreya Respublikasining moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tajribasi;
- moliyaviy tizimning raqamli infratuzilmasi;
- moliyaviy xizmatlar va ma’lumot almashinuvida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash;
- Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy sektorni rivojlantirish istiqbollari.
Shuningdek, dastur doirasida Agentlik vakillari Koreya moliyaviy telekommunikatsiyalar va kliring instituti (KFTC) hamda Koreya moliyaviy texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, ularning amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar