O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida CRDF Global (Fuqarolik tadqiqotlari va ishlanmalari global jamg‘armasi) tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo kripto-bozorlarida sanksiyaviy komplayens va xavflarni boshqarish” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etmoqdalar. Konferensiya 2026 yilning 27 aprelidan 29 apreliga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida raqamli aktivlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish mexanizmlarini o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda. Bunda xalqaro sanksiyaviy komplayensga rioya qilish hamda kripto-mikserlar va detsentrallashtirilgan moliyaviy platformalar (DeFi) kabi tranzaksiyalarni yashirishning yuqori texnologik usullarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining regulyatorlik muhiti va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) standartlarini mintaqaviy o‘ziga xos muammolar kontekstida batafsil tahlil qilish, shuningdek, anomal moliyaviy oqimlarni kuzatish uchun ilg‘or on-chain va off-chain surishtiruv texnologiyalarini amaliy namoyish etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, konferensiya moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va raqamli aktivlarning shaffof ekotizimini yaratishga bag‘ishlangan. U regulyatorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va komplayens bo‘yicha mutaxassislarning yuqori texnologik moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish uchun aniq vositalar arsenaliga ega bo‘lishlariga qaratilgan.
Konferensiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Raqamli texnologiyalar vazirlgi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tijorat banklarning vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
Idoraviy mansub tashkilotlar