logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik xodimi FATF institutining o‘quv kursida ishtirok etdi

20.03.2024
1492

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) Kripto-aktivlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Asqarjon Zokirov FATF malaka oshirish instituti tomonidan Pusan shahrida (Koreya) tashkil etilgan nazorat organlari standartlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish chora-tadbirlariga bag'ishlangan o‘quv kursida ishtirok etdi.

Ushbu kursda Yevropa, Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo mamlakatlari, jami 37 xil yurisdiksiyadan ishtirokchilar qatnashdi.

Trening davomida kripto-aktivlar (virtual aktivlar) va kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni tartibga solish sohasida FATF standartlarini joriy etish masalalari, shuningdek, kripto-aktivlardan pul yuvish yoki terrorizmni moliyalashtirish uchun foydalanish xavfini minimallashtirish maqsadida ushbu sohada riskka asoslangan yondashuvni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida Agentlik xodimi FATFning 15-tavsiya talablarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq etilishi to‘g‘risida ma’ruza qildi hamda O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish sohasida meyoriy-huquqiy baza qanday yaratilgani haqida gapirdi.

O‘zbekistonning kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish sohasidagi tajribasi kurs ishtirokchilari va talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Hisobot natijalariga ko‘ra, Agentlik va turli mamlakatlar tartibga soluvchi organlari o‘rtasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solishning to‘g‘ri mexanizmini ishlab chiqish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritildi.