logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” V xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar

07.09.2023
715

“O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” V xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari so‘zga chiqdi.

Anjumanning panel muhokamalarida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armanistondan tartibga soluvchi organlar, mahalliy banklar, investisiya kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari, infratuzilma kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘zining tabrik so‘zida ta’kidladi: “Ko‘pchilikka ma’lumki, joriy yilning 2 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi”.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarori bilan soliq imtiyozlari, minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish va institutsional islohotlarni amalga oshirish, bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha talablarni istisno qilishni hamda “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimini nazarda tutuvchi qator normalar va kapital bozorini rivojlantirishning 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Albatta, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekistonda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirilayotgani, investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy shakl va usullari joriy etilayotgani, mustaqil tartibga soluvchi organ yaratilayotgani haqida dalolat berib, eng muhimi, davlat rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning fuqarolar farovonligini oshirish yo’lida kapital bozorini isloh qilish va rivojlantirishdagi kuchli siyosiy irodasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Qayd etish joizki, bu Istiqbolli loyihalar milliy agentligining O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini tartibga soluvchi organ sifatida ommaviy tadbirda ilk bor ishtirok etishidir.