logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik va OTB vakillari uchrashuvi

05.03.2024
1495

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik) Osiyo taraqqiyot banki (OTB) moliya sektori vakolatxonasi direktori Mohd Sani Mohd Ismoil boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Agentlik va OTB o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

.

Xususan, Moliya bozorini rivojlantirish dasturi (FMDP) ning ikkinchi kichik dasturini amalga oshirish va “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

OTB vakillari kapital bozori sohasidagi hamkorlik doirasini kengaytirishga qiziqish bildirdilar.

Shu munosabat bilan, Agentlik tomonidan yashil/ ESG-obligatsiyalarini joriy etish, shaxsiy investitsiya hisobraqamlarini implementatsiya qilish va ularga tegishli mablag‘larni hisobga olish tartibi, shuningdek investitsiya fondlari, pay fondlari, ETF larni rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yaratish hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish masalalari yuzasidan hamkorlikni o‘rnatish taklif etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va kelgusidagi amaliy hamkorlik formatini kelishib oldilar.