Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik va Oliy sud o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

26.12.2022
2316

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjat kripto-aktivlar aylanmasi sohasida fuqarolar va investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni sodir etishga yordam beruvchi omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida hamkorlikni nazarda tutadi.

 

Tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;

kripto-aktivlar aylanmasi sohasida, shu jumladan kripto-aktivlardan foydalangan holda amalga oshirilgan jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarning tarqatilishini moliyalashtirish faktlari bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olish choralarini ko‘rish.

Memorandum doirasida o‘quv, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama tadbirlar amalga oshiriladi.