logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik va BMTTD o‘rtasida sug‘urtani rivojlantirish sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv

07.03.2024
1641

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida (Agentlik)   BMTTD O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi “Sug‘urta va xavflarni moliyalashtirishni takomillash” loyihasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining salohiyatini oshirish borasidagi 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi, ko‘chmas mulkni tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish hamda boshqa yangi sug‘urta mahsulotlarini qo‘llash bo‘yicha ekspertlar jalb qilinganligi hamda tavsiyalar tayyorlanayotganligi haqida axborot berildi.

Agentlik tomonidan BMTTD vakillariga sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini takomillashtirish, sug‘urta zaxiralarini shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yaratish hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish va istiqbolda, qo‘shimcha ravishda elektron tijorat faoliyatining yurisdiksiyasini belgilash masalalari yuzasidan hamkorlikni o‘rnatish taklif etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va kelgusidagi amaliy hamkorlik formatini kelishib oldilar.