Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik jamoasi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini XVII Osiyo chempionatidagi g‘alaba bilan tabriklaydi

20.07.2023
2093

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan XVII Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini umumjamoa hisobida g‘alaba qozongani bilan tabriklaydi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar 12 oltin, 9 kumush va 16 bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar.

Chempionatda Avstraliya, Bangladesh, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Qatar, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha XVII Osiyo chempionatiga bosh homiylik qilmoqda.