Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Barqaror tokenlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi ishga tushirilmoqda

07.09.2026
159

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-359-son qarori ijrosini ta’minlash, ilg‘or va innovatsion to‘lov shakllarini joriy etish va rivojlantirish maqsadida barqaror tokenlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Agentlikning buyrug‘iga muvofiq, Markaziy bank bilan kelishilgan holda “Humo Digital” MCHJ Barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi (keyingi o‘rinlarda – maxsus rejim) ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Tajriba-sinov loyiha HUMO barqaror tokenini chiqarish, muomalaga kiritish va so‘ndirish mexanizmlarini sinovdan o‘tkazishni nazarda tutmoqda (1 HUMO 1 so‘mga tenglashtirilgan). Mazkur loyihani amalga oshirishda hamkor sifatida kripto-depozitariy, kripto-birja va kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan “Asterium” AJ, shuningdek, banklar va boshqa tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqdalar.

Tajriba-sinov loyiha doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

– davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan HUMO barqaror tokenini chiqarish;

– HUMO barqaror tokenidan O‘zbekiston Respublikasi hududida rasmiy to‘lov vositasi sifatida, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni qabul qilishda foydalanish (tajriba-sinov loyihani amalga oshirishda 20 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari (merchantlar) ishtirok etishlari ko‘zda tutilmoqda);

– HUMO barqaror tokenidan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tajriba-sinov loyiha ishtirokchilarining bank, protsessing va blokcheyn infratuzilmasini o‘zaro integratsiya qilish.

Tajriba-sinov loyihani amalga oshirish muddati uch yilgacha bo‘lishi rejalashtirilgan.

Tajriba-sinov loyiha Agentlik va Markaziy bankining birgalikdagi nazorati ostida amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik faoliyati davomida hisob-kitoblarni tezlashtirish, ularning yanada shaffofligini hamda tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or va innovatsion to‘lov vositasi sifatida barqaror tokenlardan foydalanishni sinovdan o‘tkazishdir.

Shu bilan birga, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish jarayonida unga hamroh bo‘ladigan xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularni minimallashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur tajriba-sinov loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi moliya sohasini rivojlantirish uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.