Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi ro‘yxatga olindi

10.09.2026
149

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami: 3826, 29.04.2024 y.) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarning birinchi chiqarilishi davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Ushbu obligatsiyalar chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-254-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda, unga ko‘ra kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi emitent-rezidentlarining chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarini chiqarish imkoniyati yaratildi.

Emitent sifatida “Asia Alliance Bank” AJ ishtirok etdi.

Emissiya hajmi 20 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Bitta obligatsiyaning nominal qiymati 100 AQSH dollarini tashkil etdi.

Obligatsiyalarni joylashtirish ochiq obuna orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy valyutada nominallashtirilgan korporativ obligatsiyalarni chiqarishni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorida moliyaviy instrumentlarni yanada kengaytirishga qaratilgan.