O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) vakillarining Koreya Respublikasi fond birjalarining ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida Seul shahriga tashrifi boshlandi.
Ta’lim dasturi Koreya birjasi (KRX) tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) ko‘magida tashkil etilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasining o‘quv tashrifida ishtirok etishi Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda hamda “Qimmatli qog‘ozlar bozori axborot-resurs markazi” davlat unitar korxonasi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori axborot-resurs markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Respublika fond birjasi” MTJ faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Dastur ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar bozorida huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish mexanizmlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va amaliy yondashuvlar bilan tanishadi.
Ta’lim dasturi bozor jarayonlarini monitoring qilish va tahlil qilishning zamonaviy usullarini tushunish uchun kalit bo‘lgan nazorat (Market Surveillance) mavzusiga alohida e’tibor beradi.
Delegatsiyaning Koreya Respublikasida bo‘lishi davomida Koreya birja tuzilmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv va innovatsion moliyaviy vositalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif Agentlik xodimlarining qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish sohasidagi salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.
Idoraviy mansub tashkilotlar