Yangiliklar
21 oktabr – O‘zbek tili bayrami
Hurmatli vatandoshlar!
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi jamoasi sizlarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!
O‘zbek tili xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan ma’naviy boyligimizdir.
Xalqimiz tafakkurining tiniq ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng sharafli vazifalarimizdan biridir.
Davlatimiz raxbari tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.
Fursatdan foydalanib, milliy o‘zligimiz va g‘ururimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha fidoyi vatandoshlarimizga minnatdorlik bildiramiz.
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘liq, oilangizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi jamoasi