O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Malakaviy talablar:
Malakaviy talablar:
Malakaviy talablar:
Lavozim: Elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish boshqarmasi mutaxassisi
Malakaviy talablar:
Oliy ma'lumot (bakalavr yoki undan yuqori daraja), iqtisodiyot, moliya, huquqshunoslik, xalqaro savdo yoki turdosh sohalardagi ma'lumotga ega bo'lishi;
Elektron tijorat asoslarini va uni tartibga solish sohasidagi qonunchilikni bilish;
To'lov tizimlari va elektron to'lov vositalarining ishlash tamoyillarini tushunish;
Kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo'lish;
Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish va tahliliy materiallar tayyorlash ko'nikmalariga ega bo'lish;
O'zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;
Microsoft Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish;
Og'zaki va yozma nutq savodxonligi hamda ishbilarmonlik muloqoti ko'nikmalariga ega bo'lish;
Mas'uliyatlilik, tafsilotlarga e'tiborlilik va katta hajmdagi axborot bilan ishlay olish.
Asosiy vazifalari:
Elektron tijorat sohasidagi qonunchilik va xalqaro tajribani tahlil qilish;
Tahliliy, axborot va ma'lumotnoma materiallarini tayyorlash;
Elektron tijoratni rivojlantirish va uni tartibga solishni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
To'lov tizimlarining faoliyati va raqamli to'lov vositalarini qo'llash bilan bog'liq masalalarni tahlil qilish;
Rasmiy yozishmalar va ishchi hujjatlarni tayyorlash;
Davlat organlari, tashkilotlar va bozor ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish;
Ishchi uchrashuvlar, yig'ilishlar va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Malakaviy talablar:
Moliya, iqtisod, axborot texnologiyalari yoki yurisprudensiya bo'yicha oliy ma'lumot;
Sug'urta bozorini rivojlantirish va raqamlashtirish, xususan, norma ijodkorligi, qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va ishlab chiqish, axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, texnik qo'llab-quvvatlash va takomillashtirib borish yo'nalishida tegishli bilimlarga ega bo'lish;
Moliya, iqtisod, axborot texnologiyalari yoki yurisprudensiya yo'nalishlarida kamida 3 yillik ish tajribasi;
O'zbek va rus tillarida erkin so'zlashishi, shuningdek ingliz tilini bilishi;
Malakaviy talablar:
Moliya, iqtisod yoki yurisprudensiya bo'yicha oliy ma'lumot;
Sug'urta bozorini tartibga solish, xususan, sug'urta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash sohasidagi talab va shartlarni bilish;
Moliya, iqtisod yoki yurisprudensiya yo'nalishlarida kamida 3 yillik ish tajribasi;
O'zbek va rus tillarida erkin so'zlashishi, shuningdek ingliz tilini bilishi;
Microsoft Office dasturlaridan erkin foydalanish.