Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati

13.08.2026
68

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida yoshlar o‘rtasida madaniyatlararo muloqotni ma’naviy-axloqiy munosabat shakli sifatida rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy davra suhbati va munozara maydonchalari tashkil etildi.

Tadbir doirasida madaniyatlararo muloqotning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari, shuningdek, turli madaniyat vakillari o‘rtasida konstruktiv muloqotni shakllantirishda yoshlarning o‘rni muhokama qilindi.

Alohida e’tibor yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, madaniy xilma-xillikka hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ochiq va mazmunli muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Munozaralar davomida ishtirokchilar fikr va mulohazalarini o‘rtoqlashib, dolzarb masalalarni muhokama qildilar hamda madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirdilar.

Bunday ilmiy-amaliy tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarda muloqot madaniyati, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni rivojlantirish, shuningdek, jamiyatda o‘zaro anglashuv va hamkorlik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.